Boysun va Ishtixon tumanlarida kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi

Foto: Arxiv surat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G.G.” MCHJ rahbari B.M. hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy tipdagi issiqxona qurish uchun ajratilgan 2 mlrd soʻm kredit mablagʻi evaziga issiqxona tashkil etmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzi norasmiy boshqarib kelgan “S.B.” va boshqa MCHJlarga oʻtkazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Ishtixon tuman boʻlimi tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Kattaqoʻrgʻon filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.S.” oilaviy korxonasi rahbari Gʻ.U. va boshqalar sport anjomlari va jihozlarini sotib olish uchun bank filialidan ajratilgan 220 mln soʻm imtiyozli kreditni “S.B.” MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib, ushbu mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring