Boysun tumanida 20 nafar imkoniyati cheklangan bola sunnat toʻyi oʻtkazildi

17:52 03 Dekabr 2021 Jamiyat
226 0

Foto: "Xalq so'zi"

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati Boysun tumanida “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi!” shiori ostida qator xayrli tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Avvalo, tumanning Obi mahallasida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga tuman sektori rahbarlari ishtirokida nogironlik aravachalari, ortopedik buyumlar topshirildi.

Homiy tashkilotlarning beminnat yordami bilan tuman mahallalarida yashovchi 20 nafar imkoniyati cheklangan bolaning sunnat toʻyi ham shodu xurramlikda oʻtkazildi. Shu munosabat  bilan dasturxon yozilib, tuman jamoatchiligi vakillari taklif etildi.

Tadbir davomida, shuningdek, 210 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolar hamda ularning farzandlariga  tuman hokimligi, sektor rahbarlari, homiylar, sahovatpesha insonlarning esdalik sovgʻalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?