Bogʻdoddagi bozorda sodir etilgan portlashda kamida 25 kishi halok boʻlgan — OAV

23:39 19 Iyul 2021 Dunyo
813 0

Iroq poytaxti sharqida joylashgan Madinat Sadr tumanidagi bozorda sodir boʻlgan portlashda kamida 25 kishi halok boʻldi. Yana taxminan 47 kishi tan jarohati olgan. Bir qator savdo doʻkonlariga zarar yetgan.

“Shafaq News” portali xabariga koʻra, hududda portlovchi moslama harakatga keltirilgan. 

Mahalliy huquqni muhofaza qilish idoralari ushbu hodisani terrorchilik harakati sifatida baholagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?