Bogʻchalar toʻlovi qanday aniqlanadi? Vazirlik maʼlumot berdi

17:38 04 May 2021 Jamiyat
407 0

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun bir oylik ota-onalar toʻlovi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy joylashuviga qarab tabaqalashtirilgan holda boʻlinadi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva AOKAda oʻtgan brifingda maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, eng yuqori toʻlov Toshkent shahrida – 10,5 soatlik davlat MTMda, oiladagi bitta bola uchun 246 000 soʻm; eng past toʻlov boshqa joylarda – oʻrtacha 10,5 soatlik davlat MTMda, oiladagi bitta bola uchun 167 000 soʻm belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?