Bodikamerasiz va tibbiy niqobsiz turgan YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda

16:01 08 Sentyabr 2021 Jamiyat
352 0

Ijtimoiy tarmoqda “Andijonda karantin qoidalari yumshatildimi?” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan YHXBB maʼlumot berdi.

Andijon shahridagi Boburshoh koʻchasidan oʻtgan avtomobil yoʻlini taʼmirlash ishlari sabab, “Yangi bozor” atrofidagi koʻchalarda maʼlum vaqt transport vositalari harakatini cheklash zaruriyati yuzaga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video 8-sentyabr kuni soat 05:30 larda “Sprak” rusumli avtomobil haydovchisi tomonidan tasvirga olingan. Videoda YPX xodimi N.Numanov bodikamerasiz va tibbiy niqobsiz turganligi holati aks etgan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?