BMTTD tomonidan bank sektori vakillari uchun yashil moliyalashtirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

17:31 28 May 2024 Iqtisodiyot
296 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari mutaxassislari uchun mamlakatimizning joylaridagi uy xoʻjaliklari tomonidan yashil investitsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan va Global Ekologik Jamgʻarmasi (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan «Oʻzbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga koʻmaklashish» loyihasi doirasida tashkil etildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Loyiha energiya samarador texnologiyalar va qurilish materiallarini kreditlash mexanizmini ishlab chiqish, sinab koʻrish, keng koʻlamda ommalashtirish vositasi orqali Oʻzbekistonda tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan joylarda uy-joylar qurilishi sektorini yanada barqaror va past-uglerodli uylarni qurish yoʻliga oʻtkazishga qaratilgan. Bu esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholini past-uglerodli turar-joylarga boʻlgan talabining oʻsishiga sezilarli darajada turtki beradi. Loyihaning maqsadi respublikamiz hududlari aholisini atrof-muhitga zarar keltirmaydigan yaxshilangan va arzon turmush sharoitlari bilan taʼminlashdan iborat.

Bugungi kunda mazkur loyihani amalga oshirishda Energetika vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hamda 10 ta tijorat banklari oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va energiya samarador texnologiyalar/materiallar sotib olish uchun ajratiladigan «yashil» kreditlarining 15 foizidan 37,5 foizigacha boʻlgan qismini (mahsulot turidan kelib chiqib) qoplash uchun BMTTD/GEF subsidiyalarini taqdim etishga qaratilgan shartnomalar tuzilgan.

Foto: “Xalq soʻzi”

Seminarda taʼkidlanganidek, BMTTD/GEF loyihasi 2017-yildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyihaning muhim yutugʻi 24 turdagi energiya tejaydigan uylarning loyihalarini ishlab chiqish boʻlib, bu butun respublika boʻylab energiya tejaydigan va kam uglerodli uy-joylarni ommaviy qurilishiga turtki boʻldi. Bundan tashqari, loyiha ilgari 1358 ta energiya tejaydigan va kam uglerodli uylar va kvartiralarni qurishda moliyaviy va texnik yordam koʻrsatgan.

Seminar ishtirokchilarga loyihaning amalga oshirilishi va uning joylardagi aholisini qoʻllab-quvvatlash va atrof-muhitni muhofaza qilishdagi oʻrni haqida batafsil maʼlumot berildi, shuningdek, hamkorlikni rivojlantirishning yangi istiqbollarini muhokama qilindi. Shu kabi seminarlar Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida bank sektori vakillari uchun oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер