BMTning qochqinlar boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi vakili Oʻzbekistonda fuqarosizlikni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni eʼtirof etdi

11:44 21 Iyul 2022 Siyosat
255 0

Oʻzbekiston Adliya vazirligida BMTning qochqinlar boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi Osiyo va Tinch Okeani mintaqaviy byurosining katta xodimi M.Royss bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, tadbirda BMT vakili Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda inson huquqlari va erkinliklari, ayniqsa fuqarosizlikni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga yuksak baho berdi.

Oʻz oʻrnida, vazirlik xodimlari tomonidan mamlakatimizda fuqarosizlikni kamaytirish, shu jumladan tugʻilishni oʻz vaqtida qayd etish boʻyicha amalga oshirilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid masalalar hamda ushbu sohada xalqaro amaliyotni va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish borasida oʻzaro hamkorlikni yanada jadallashtirishga kelishib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?