BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan uchrashdi

18:49 14 Mart 2023 Siyosat
679 0

Foto: Халқ сўзи

2023-yil 13-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari F.Tyurk mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.Yoʻldoshev, Adliya vaziri A.Toshqulov va Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ishtirok etdi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida demokratik yangilanishlar yoʻlidan odimlayotgan Oʻzbekistonning eng ulugʻ maqsadi, avvalo, xalqimizni rozi qilish, inson qadrini taʻminlashga qaratilgan. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida yurtimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʻminlash borasida shiddatli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlari sohasida samarali davlat siyosatini yuritishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi alohida oʻrin tutadi. BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari bilan muloqot asnosida ushbu tizimning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ishtirokiga daxldor masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?