BMTning Afgʻonistondagi inson huquqlari boʻyicha hisoboti asossiz — “Tolibon” 

18:43 21 Iyul 2022 Dunyo
799 0

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati BMTning Afgʻonistondagi Inson huquqlari missiyasi hisobotini tashviqot sifatida qoraladi.

“Tolibon” harakati BMTning Afgʻonistonga yordam koʻrsatish missiyasining mamlakatdagi inson huquqlari mavzusidagi hisobotini tanqid qildi. Bu haqda “Tolibon” harakatining rasmiy vakili Zabiulloh Mujohid maʼlum qildi.

Mujohid hisobot xulosalarini rad etib, ularni asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, deb atadi. 

“Mamlakatda oʻzboshimchalik bilan qotillik yoki hibsga olishlar yoʻq”, deydi Zabiulloh Mujohid. 

Unga koʻra, buni sodir etgan har qanday shaxs jinoyatchi hisoblanadi va shariat qonunlariga muvofiq jazolanadi. Harakat vakili BMT missiyasi hisobotini tashviqot, deb hisobladi.

Yanvar oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish “Tolibon” hokimiyatni qoʻlga olganidan beri 100 dan ortiq sobiq afgʻon rasmiylarini oʻldirganini aytgan edi.

“Tolibon” harakati Afgʻonistonni 2021-yil 15-avgustda egallab olgan. Oʻshanda hukumat va yuqori davlat apparatining muhim qismi mamlakatni tark etdi. Harakat hokimiyat tepasiga kelgach, bir qator shariat qoidalari joriy etdi. Xususan, qizlarning maktablarga borishi, ayollarning yaqin qarindoshi-turmush oʻrtogʻisiz tibbiy xizmat olishi taqiqlandi.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер