BMT yangi epidemiyalarni oldini olish boʻyicha loyihani maʼqulladi

22:57 12 Noyabr 2020 Dunyo
173 0

Fotо: Getty Images

BMT Bosh assambleyasi Xalqaro atom energiyasi tashkilotining (MAGATE) hayvonlardan odamlarga oʻtadigan infeksiyalarni erta aniqlash uchun laboratoriyalar tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatladi.

"Dunyoga kelajakda duch kelinishi mumkin boʻlgan pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishda yordam berish maqsadida MAGATEning hayvonlardan odamlarga oʻtadigan infeksiyalarga qarshi kurashish boʻyicha yangi loyihasi “ZODIAC”ni taklif qildik", deydi tashkilot bosh direktori Rafael Mariano Grossi Bosh assambleyadagi maʼruzasida.

Uning soʻzlariga koʻra, loyiha doirasida tabiiy fokal yoki hayvonlardan odamlarga oʻtadigan infeksiyalarni aniqlash, kuzatib borish va nazorat qilish uchun yadro texnologiyalaridan foydalanishga qodir boʻlgan milliy diagnostika laboratoriyalarining global tarmogʻi yaratiladi.

“Shu yoʻl bilan MAGATEga aʼzo davlatlar zarur texnika va texnologiyalarni olishlari, mutaxassislarning tavsiyalaridan foydalanishlari, mahalliy mutaxassislar esa oʻqitilishi mumkin boʻladi”, deydi Grossi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 davlat ovoz bermasdan konsensus asosida MAGATE hisobotining takliflarini qoʻllab-quvvatlovchi rezolyutsiya qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?