BMT Orolboʻyida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi

18:18 11 May 2023 Siyosat
757 0

Oʻzbekiston delegatsiyasining AQSHga rasmiy tashrifi doirasida Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) Yevropa va MDH boʻyicha byurosi direktori I. Zivkovich va BMTTDning Tabiat, iqlim va energetika boʻyicha direktori P. Kurukulasuriya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar amalga oshirilayotgan qoʻshma dastur va tashabbuslar doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekotizimlarni tiklash sohasida ikki tomonlama hamkorlikka eʼtibor qaratdilar.

Shu bilan birga, BMT tomoni Orolboʻyida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni alohida taʼkidladi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan va Orolboʻyi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirishga qaratilgan BMT Bosh Assambleyasining Maxsus rezolyutsiyasini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida Global ekologik jamgʻarmasi (GEF) va Yashil iqlim jamgʻarmasi (GCF) grant mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar portfelini kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi, hozirda bu portfel umumiy qiymati 20 million dollarlik 7 ta grant loyihasini oʻz ichiga oladi.

Shu bilan birga, BMTTD rahbariyati Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning uchta yirik tadbiri – choʻllanish boʻyicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер