BMT Kotibiyati bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirida hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishildi

12:38 10 Noyabr 2023 Siyosat
342 0

9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov BMTning O‘rmon bo‘yicha Forumi kotibiyati (UNFF) direktori Juliette Biao bilan uchrashdi.

Uchrashuvda UNFF bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, UNFF Kotibiyati rahbariga O‘zbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan daraxt ekish, Orol dengizining qurigan tubida deyarli 2 million gektar maydonda saksovulzorlar bunyod etish ishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv doirasida UNFF kotibiyati bilan O‘zbekistonda o‘rmonzorlashtirish ishlariga ilmiy yondashuvni rivojlantirishda, “aqlli” qishloq xo‘jaligini tatbiq etish hamda o‘rmonlarni barqaror boshqarishda BMT O‘rmon bo‘yicha Forumi ko‘magini jalb qilishga kelishib olindi.

Shuningdek, tomonlar “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirida hamkorlik qilish, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida yuqori malakali ekspertlar ma’ruzalarini tashkil etish, shu bilan birga O‘rmon xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarning salohiyatini oshirish maqsadida trening va seminarlar o‘tkazish borasida kelishuvga erishdilar.

Qolaversa, o‘zaro manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ekologiya, xususan, o‘rmon xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar Juliette Biaoda katta qizigish uyg‘otdi.

BMT O‘rmon bo‘yicha Forumi kotibiyati (UNFF) direktori yuqorida qayd etilgan va boshqa sohalarda tashkilot ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер