“BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzish” — NATO bosh kotibi Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirganiga izoh berdi

Arxiv surat
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Koreyaning raketa sinovlarini BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzish deb atadi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirganiga izoh berdi. Bosh kotib Shimoliy Koreyaning raketa sinovlarini xavfli va beqarorlashtiruvchi deb atab, “bu BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzilishi”, deya taʼkidladi.
Stoltenbergning fikricha, KXDR rasmiylari yadro qurolidan voz kechib, diplomatiya bilan shugʻullanishi kerak.
Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa Yaponiya ustidan oʻtib, Tinch okeaniga qulagan. Mahalliy “TV Asahi” telekanali hukumatdagi manbalariga tayanib xabar berishicha, raketa Yaponiyadan 3000 kilometr uzoqlikda qulagan. Lekin uning aniq qulagan joyi nomaʼlum.
Rossiyalik siyosatshunos Andrey Gubinning fikricha, bu raketa Yaponiyani qoʻrqitish uchun uchirilmagan. Chunki Tokio va Pxenyan oʻrtasida harbiy mojaro yuzaga kelishi ehtimoli nihoyatda kichik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring