BMT dunyoga donli ekinlar tanqisligi tahdid solishidan ogohlantirdi

23:46 08 Iyun 2022 Dunyo
304 0

Illyustrativ foto

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Guterrish oʻgʻitlar narxining oshishi tufayli dunyoda don ekinlari tanqisligi tahdid qilayotganidan ogohlantirmoqda.

Ukrainadagi vaziyat tufayli oʻgʻitlar narxining oshishi, shuningdek, Rossiya va Belorusga qoʻyilgan sanksiyalar butun dunyo boʻylab milliardlab odamlarga zarar yetkazadigan hosil yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish aytib oʻtdi.

Qayd etilishicha, oʻgʻitlar narxi rekord darajaga yetgan va ikki baravar koʻproq oshgan. 

“Oʻgʻitsiz makkajoʻxori va bugʻdoy tanqisligi kuzatiladi va sholiga ham taʼsir qiladi hamda bu Osiyo va Janubiy Amerikadagi milliardlab odamlarga halokatli taʼsir koʻrsatadi”, deydi BMT Bosh kotibi.

Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Ukrainadan don eksport qilishning imkoni yoʻqligi sababli global oziq-ovqat inqirozining oldini olish borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani maʼlum boʻlgan edi. Shu bois Belarusga qarshi sanksiyalarni qisman olib tashlash borasida ham gap-soʻzlar bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер