BMT Bosh Assambleyasi Isroilni bosib olingan Golan tepaliklarini ozod qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

15:50 29 Noyabr 2023 Dunyo
90 0

Foto: Reuters

Hujjatni 91 davlat, jumladan, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari qoʻllab-quvvatladi. Sakkiz davlat, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada bunga qarshi chiqdi. Yana 62 davlat betaraf qoldi.

Golan tepaliklari — taxminan 1800 kvadrat km. maydonni egallaydi, 1967-yilgi urushgacha Suriyaning bir qismi edi. Urush paytida Isroil balandliklar ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi va keyinchalik Golanni yahudiy davlatiga qonuniy ravishda qoʻshadigan qonunlarni qabul qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi bu harakatni qoraladi.

Suriya hamon Golan tepaliklarini oʻz hududi hisoblab, ularning qaytarilishini Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashning eng muhim sharti, deb biladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?