BMT AQSHni Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

00:04 01 Iyul 2022 Dunyo
771 0

Illyustrativ foto

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari DiKarlo AQSHni Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Qoʻshma keng qamrovli harakatlar rejasida belgilanganidek, AQSH Eronga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishi kerak. Bu chaqiriq BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishida BMT bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rozmari DiKarlo tomonidan aytildi.

“Biz Qoʻshma Shtatlarni Qoʻshma keng qamrovli harakatlar rejasida koʻrsatilganidek, sanksiyalarni bekor qilishga yoki ulardan ozod qilishga va Eron bilan neft savdosi uchun imtiyozlarni uzaytirishga chaqiramiz”, deydi DiKarlo.

Avvalroq, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Jozep Borrel Yevropa Ittifoqi Eron va AQSH oʻrtasida yadroviy kelishuv boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga yordam berishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?