BMT 2023-yilda aholi soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻringa chiqib oladigan davlat nomini maʼlum qildi

19:15 11 Iyul 2022 Dunyo
989 0

Arxiv surat

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) maʼlumotlariga koʻra, Hindiston 2023-yilda aholi soni boʻyicha birinchi oʻringa chiqib oladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) hisobotida aytilishicha, Hindiston 2023-yilda Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng koʻp aholiga ega davlatga aylanadi. Har ikki mamlakat aholisi hozirda taxminan 1,4 milliard kishini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, BMT 2022-yil 15-noyabrda dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yetishini bashorat qilgan.

“Bu bizning xilma-xilligimizni nishonlash, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirgan, onalar va bolalar oʻlimini keskin qisqartirgan sogʻliqni saqlash sohasidagi yutuqlarni eʼtirof etish uchun imkoniyatdir”, deyiladi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hisobotida.

Shu bilan birga, dunyo aholisi oʻsishining yarmidan koʻpi bor-yoʻgʻi sakkizta davlatda hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Bular Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya.

Shu bilan birga, hisobotda bir qator mamlakatlarda, birinchi navbatda, Sharqiy Yevropada aholi sonining oʻsishi hozirgi vaqtda salbiy koʻrsatkichga egaligi aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер