Bloger ayol kaltaklangani aytilmoqda

11:41 23 Noyabr 2021 Jamiyat
281 0

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Fatima Joʻrayeva kaltaklanganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 22-noyabr kuni bloger Fatima Joʻrayeva Ulugʻnor tumani IIBga murojaat qilgan.

F. Joʻrayeva oʻz murojaatida tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh hisobchisidan oʻzi huquqshunos sifatida ishlab kelayotgan fermer xoʻjaligiga elektr energiyasidan qarzdorlikni sunʼiy ravishda oshirilganligi boʻyicha tegishli hujjatlarni berishini talab qilganligini bildirgan.

Shunda korxona bosh hisobchisi unga qoʻpol munosabatda boʻlib, uni haqorat qilib qoʻli bilan uni yuziga urganligini va qoʻl telefonini sindirib yuborganligini bayon qilib, aybdor korxona xodimlariga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Hozirda mazkur murojaat boʻyicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

F. Joʻrayevaning olgan tan jarohatlarini ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?