Bizning mamlakatimiz butun dunyoda masxara qilinmoqda va endi u buyuk emas — Donald Tramp

01:51 13 Oktyabr 2021 Dunyo
551 0

Foto: AP

AQSHda demokratlar hokimiyatga kelganidan keyin jahon hamjamiyatida masxara obyektiga aylangan. Xuddi shunday fikrlarni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp aytib oʻtdi.

“Bizning mamlakatimiz butun dunyoda masxara qilinmoqda va endi u buyuk emas”, deydi Tramp.

Shu oʻrinda sobiq prezident oʻz tarafdorlari bilan birga “Amerikani yana buyuk qilish”ga vaʼda qilmoqda.

Tramp AQSHlarning asosiy muammolari sifatida janubiy chegaradagi muhojirlar bilan hozirgi vaziyatning holatini, mamlakatning harbiy qudratning pasayishi va COVID-19 bilan kasallanishning yuqori darajasini qayd etdi.

Avvalroq, Tramp Jo Bayden prezidentligi davrida AQSH energetika mustaqilligini yoʻqotganini aytgan edi. Trampning qayd etishicha, uning davrida mamlakat energetik mustaqillikka erishgan va Bayden esa buni yoʻqotgan. 

Endi AQSH Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK), Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft soʻrab murojaat qilishga majbur.

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, u prezidentlikdan ketayotgan vaqtda AQSH Saudiya Arabistoni va Rossiyadan koʻra koʻproq neftga ega edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?