Biznes-ombudsmanning vakolatlari kengaytirilmoqda
Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan «Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 2458-moddalariga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqildi.
Qonun 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qonun xususiy mulkka boʻlgan huquqni himoya qilish va mansabdor shaxslar koʻchmas mol-mulkiga aralashuv holatlarining oldini olishga qaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Biznes-ombudsmanga tadbirkorlarning huquqlarini buzgan davlat idorasi mansabdorlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha vakolat berish taklifi bildirilgan edi.
Xususiy mulkni himoya qilish bilan bogʻliq mazkur muammoli
Qonun qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini taʼminlash, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirishning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring