Biznes ombudsmanga qanday vakolat berilyapti?

18:46 14 Sentyabr 2021 Jamiyat
193 0

Bugungi kunda xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlariga qaramasdan oʻzboshimchalik bilan xususiy mulk huquqini poymol qilish, ayrim mansabdor shaxslarning adolatsiz va asossiz vajlar bilan koʻchmas mol-mulkka aralashuv holatlari kuzatilmoqda.

Shundan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Quyi palataning navbatdagi yalpi majlisida mazkur hujjat ham deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi Davlat dasturining 31-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan. Loyiha bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil(Biznes ombudsman)ga ayrim turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati berilyapti.

Xalq vakillarining taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligiga, ayrim mansabdor shaxslarning asossiz vajlar bilan koʻchmas mol-mulkka aralashuv holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan konseptual jihatdan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?