Biz muqaddas dinimizni ezgu fazilatlarimizning mujassam ifodasi sifatida qadrlaymiz — Shavkat Mirziyoyev

13:05 09 Sentyabr 2021 Jamiyat
420 0

— Mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va gʻoyalardan himoya qilish masalalari bundan buyon ham, ustuvor tarzda diqqatimiz markazida boʻladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev OʻzLiDeP syezdida. — Biz muqaddas dinimizni, ezgu fazilatlarimizning mujassam ifodasi sifatida qadrlaymiz.

Asrlar davomida milliy maʼnaviyatimizning ajralmas qismi boʻlib kelayotgan insonparvar dinimizni, zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadiganlarni qatʼiy choralar koʻramiz va ular bilan hech qachon murosa qilmaymiz.

Boy diniy va maʼnaviy merosimizni chuqur oʻrganish va keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi xalqaro markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ilmiy-maʼrifiy markazlar imkoniyatlari, toʻliq ishga solinadi.

Yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan siyosatimizni izchil davom ettiramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?