Biz faqat Toshkentdan topshiriq boʻlishini kutib oʻtiramiz – Shavkat Mirziyoyev

23:30 03 Dekabr 2020 Jamiyat
1013 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-dekabr kuni ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish borasida oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

Unda Prezident olimlar bilan shartnoma orqali ishlash mumkinligini taʼkidladi.

«Eng katta masala qishloq xoʻjaligi qancha-qancha pullar beryapti?! Lekin yerdan qanday unumli foydalanish boʻyicha bizda bironta “proyekt” yoʻq. Oxirgi ikki yilda 108 million dollarlik koʻchat va urugʻlik import qilingan. Klaster klaster boʻlishdan oldin har bitta rayonda ilmiy tadqiqot Innovatsion markaz tuzish kerakmi? 100 ta fermerdan 10 ta fermer namuna bilan ishlayapti. Shuni ilm bilan qilsa boʻladiku, shartnoma. Bizda faqat kutib oʻtiramiz Toshkentdan topshiriq boʻlsa, shartnoma akademiya bilan yoki olimlar bilan...

Hozir hamma narsa ochiqlik deyapmiz, erkinlik deyapmiz. Shu ochiqlikdan toʻgʻri foydalanib, olimlar bilan bir shartnomalar qilib, innovatsion gʻoyalarni amalga oshirsak boʻladiku", dedi davlat rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?