“Biz birgamiz” shiori ostidagi birinchi Oʻzbekiston volontyorlarning festivali yakuniga yetdi

07:43 28 Aprel 2022 Madaniyat
1381 0

2022-yil 20-28-aprel kunlari Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda birinchi marotaba Oʻzbekiston volontyorlarning birinchi festivali tashkillashtirildi. Bugun esa poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida festivalining yakuniy marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimga Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi volontyorlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari jam boʻldi.

Taʼkidlash joizki, hafta davomida mamlakatimiz boʻylab ijtimoiy va xayriya aksiyalari, tanlov hamda boshqa bir qator tadbirlar volontyorlar tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda volontyorlik guruhlari, hududlardagi “Volontyorlar maktablari” faol ishtirok etdi.

Festival doirasida 50 dan ortiq volontyorlik guruhi, loyihalari hamda 2021-yil “Yil volontyori” tanlovi gʻoliblari “Ezgulik yoʻli” labirintida birlashdi. Shuningdek, volontyorlarning tashabbuslari yuzasidan video roliklar tanlovi ham oʻtkazilib, gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Bundan tashqari Davlat boshqaruv organlari, xalqaro tashkilotlar va biznes kompaniyalar vakillari hududlardagi “Volontyorlar maktabi” mentor-trenerlari ishtirokida “Oʻzbekistonda volontyorlikni rivojlantirish” mavzusida konferensiya oʻtkazildi.

— Volontyorlik ham bir isteʼdod deb bilaman. — deydi yosh volontyor Shohista Abdullayeva, — Bu isteʼdod odam katta masʼuliyatni talab etadi. Mazkur festivalni oʻtkazishdan asosiy maqsad esa Oʻzbekistonda volontyorlik faoliyatini rivojlantirish, yoshlarning ijtimoiy muammolarni hal qilishda salohiyatini oshirish va volontyorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, shuningdek, davlat boshqaruv organlari, xalqaro tashkilotlar va biznes kompaniyalarda volontyorlik faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishdan iboratdir.

Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?