Biz AstraZeneca vaksinasini sinamaganmiz. Qoʻl bilan ushlamaganmiz, koʻrmaganmiz — Yusupaliyev

17:11 17 Mart 2021 Jamiyat
985 0

Avvalroq, AOKAda "Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik" mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.

“Xabaringiz bor, biz faqat AstraZeneca/Oxford vaksinasinigina emas, boshqa vaksinalardan ham foydalanishni rejalashtirganmiz. "Sputnik V” vaksinasidan 1 million doza olib kelish toʻgʻrisida muzokaralar olib borilmoqda. Buning natijasida tegishli shartnoma imzolanadi. 

Bunda asosiy masala “Sputnik V” vaksinasini Oʻzbekistonga olib kelish. Chunki biz aholimiz uchun tezroq olib kelinsin, tezroq emlashni boshlasin, degan umidda yuribmiz.

Oʻz navbatida ishlab chiqarish hajmlari aynan Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda yetarli emas.  Shu uchun biz taraf tezroq olib kelish va koʻp miqdorda olib kelish masalalari koʻrilmoqda", dedi Yusupaliyev.

Shuningdek Yusupaliyev Oʻzbekistonda sinovdan oʻtkazilgan Xitoyning koronavirusga qarshi vaksina haqida ham soʻz yuritib, buning katta yutuq ekanligini taʼkidladi. 

"Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida yaratilgan "ZF-UZ-VAC2001" vaksinamiz ham bor.

Shuningdek, Xitoy vaksinasini olib kelish boʻyicha ham muzokara olib borilmoqda.

Eng asosiysi bu vaksinani oʻzimizda, oʻzimizning aholida sinab koʻrdik. Men oʻylaymanki bu juda katta va muhim masala. 

Misol uchun, biz "AstraZeneca/Oxford" vaksinasini sinamaganmiz. Qoʻl bilan ushlamaganmiz, koʻrmaganmiz. Lekin bu vaksinani oʻzimizda sinaganmiz. Natijada qanchalar antitana ishlab chiqarilishini ham bilamiz", dedi u.

Inobat AHATOVA, 

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?