Bitiruvchilardan yo oʻqishga kirish, yo ishga joylashish talab etilyaptimi? — Rasmiy munosabat bildirildi

Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqda “Bizda ham bitiruvchilardan yo oʻqishga kirish, yo ishga joylashish talab etilyapti” mazmunda eʼlon qilingan xabarga Fargʻona viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
"Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda “Bizda ham bitiruvchilardan yo oʻqishga kirish, yo ishga joylashish talab etilyapti” mazmunda xabar tarqatildi. Xabar beruvchi “Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridan murojaat qilyapman. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda namanganlik ota-onalardan oʻqishga kirolmagan farzandini ishga joylash haqida tilxat olinayotgani haqida xabar chiqdi. Qoʻqonda ham shunday holat kuzatilyapti. Maktab rahbarlari bitiruvchilardan yo oliy oʻquv yurtiga kirish, yo ishga joylashishni talab qilinmoqda”, deb iddao qilgan. Holat viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan oʻrganildi. Murojaat asosiz tarqatilganligi maʼlum boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida shuni aytish mumkinki, jamiyatimizda yoshlarni hayotda oʻz oʻrnini topishga, qiziqishi boʻyicha kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida umumiy oʻrta taʼlim maktab jamoasi, mahalla fuqarolari yigʻinlari, ota-onalar oldida turgan eng masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Qoʻqon shahrida 2019-2020 oʻquv yilida jami 2945 nafar oʻquvchilar 11-sinfni tamomladi. Bitiruvchilarning 1801 nafari turli oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan. Qolgan 1144 nafar bitiruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijasida ularning 103 nafarida kollejda oʻqishga davom ettirish istagi bildirgan, 872 nafar bitiruvchilar qiziqqan hunari boʻyicha hunarmandlarga shogirdlikka, oilaviy tadbirkorlikka jalb qilinib, oʻzini oʻzi band qilganlar. Oʻz ishini topa olmayotgan 169 nafar bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida Qoʻqon shahar sektor rahbarlari koʻmagida yirik ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, kredit olib oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygan yosh tadbirkorlar, bank xodimlari bilan uchrashuvlar tashkillandi.
Yoshlarni oliy taʼlimga yoʻnaltirishda, ularning bandligini taʼminlashda majburiy talab qoʻyilgani yoʻq, faqat targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Lekin maktablarning reytingiga bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirish koʻrsatkichlari hamda kasb-hunar oʻrganib hayotga tayyor boʻlib chiqishlari bevosita taʼsir koʻrsatishi hech kimga sir emas" deyiladi viloyat XTB axborot xizmati maʼlumotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring