Bitiruvchilardan uch tomonlama shartnoma talab etilishi bilan bogʻliq holat nazoratga olindi

00:13 30 Aprel 2021 Jamiyat
875 0

Shu kunlarda kollej, litsey, hatto oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilaridan biror tashkilot, korxonadan uch tomonlama shartnoma tasdiqlatib kelishi talab etilayotgani bilan bogʻliq holatlar uchrayotgani ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlashda ana shunday koʻzboʻyamachilikka yoʻl qoʻyilayotgani, eng achinarlisi, uch tomonlama shartnoma xoʻjakoʻrsinga tuzilganini uch tomon ham bilishi, bu soxta “anʼana” butun bir mamlakat rivoji uchun salbiy taʼsir qilishi taʼkidlangan.

Mazkur masala Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olinib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga asoslantirilgan holda tushuntirish berish talabi bilan soʻrov yuborildi.

Odiljon IMINOV,
Oliy Majlis Senati
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash
masalalari qoʻmitasi raisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?