Bishkekda aralash jang sanʼati boʻyicha xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi
Unda Qirgʻiziston va Oʻzbekiston aralash jang sanʼati ustalari oktagonga chiqishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu yilning 24-avgust kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida aralash jang sanʼati boʻyicha xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi. Bishkek shahridagi “Gazprom” bolalar sport majmuasida tashkil etilgan mazkur janglarda mezbonlar – Qirgʻiziston hamda oʻzbekistonlik aralash jang sanʼati ustalari oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.
Oʻrtoqlik uchrashuvi doirasidagi janglarni Xalqaro aralash jang sanʼatlari federatsiyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun, Qirgʻiziston Respublikasi Chuy viloyati gubernatori hamda Qirgʻiziston MMA, IMMAF yoʻnalishi boʻyicha milliy federatsiyasi prezidenti E.Tentishev, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari federatsiyasi raisining oʻrinbosari Sherzod Tashmatov va boshqalar kuzatib borishdi.
Janglar 10ta vazn toifasida tashkil etildi. Eʼtiborlisi, barcha vazn toifalarida yurtimiz sportchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Quyida Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozongan sportchilarimiz bilan tanishing:
-52,2 kg vazn toifasida – Zokirov Humoyun,
-56,7 kg – Isroilov Behruz,
-61,2 kg – Sattorov Husniddin,
-65,8 kg – Rustamov Shukurjon,
-70,3 kg – Akbarov Behruz,
-77,1 kg – Moʻminjonov Munis,
-83,9 kg – Boltayev Islom,
-93 kg – Komilov Ilyos,
-120,2 kg – Mahammatov Fayzullo,
+120 kg – Xolmuratov Ixtiyor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring