Birozdan soʻng Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi

09:59 20 Avgust 2021 Siyosat
371 0

Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlanadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.

Uchrashuvda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, tizimli muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, tadbirkorlarning takliflari eshitiladi.

Eslatib oʻtamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-avgust kuni “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish toʻgʻrisida” farmoyish qabul qildi.

Bugun, ochiq muloqot arafasida ushbu minnatdorchilik maktublari oʻz egalariga topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?