Birorta sport turi boʻyicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan — Shavkat Mirziyoyev

18:09 23 May 2022 Siyosat
620 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport taʼlimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda umumrespublika sport musobaqalari “tuman – viloyat – respublika” zanjiri asosida tashkil etilishi belgilandi. Bundan buyon:

— birlamchi saralash bosqichidan oʻtmagan sportchilar viloyat va respublika bosqichida ishtirok etmaydi;

— milliy terma jamoalarga barcha bosqich musobaqalarida ishtirok etib gʻolib yoki sovrindor boʻlgan yoshlar saralab olinadi;

— har yili mahalla va muassasalar jamoalari ishtirokida koʻp bosqichli Hokim kubogi tashkil qilinadi.

Xalqaro tajriba va standartlar asosida sport turlari boʻyicha milliy chempionatlar oʻtkazish tartibi ishlab chiqiladi.

Prezident sport sohasidagi ilmiy salohiyatning amaldagi holati ham talab darajasida emasligini tanqid qildi.

«Birorta sport turi boʻyicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan.

Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, sport muhandisligi, kardiomashgʻulotlar boʻyicha bizda umuman mutaxassislar tayyorlanmaydi.

Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?