Biror viloyat hokimi oʻrinbosari oʻzining sohasi boʻyicha mukammal bilimga ega emas – Prezident

23:13 30 Noyabr 2020 Jamiyat
4296 0

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-noyabr kuni hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Unda davlat rahbari viloyat hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatiga ham toʻxtalib oʻtdi.

"Toshkent shahar transport tizimini eksprimental tarzda koʻrishimizni inobatga olib, har bir viloyat hokimiga qishloqdan tumanga, tumandan markazga transport vositalarining xizmati sifatini oshirish va nimalar qilishimiz kerakligini topshiriq berib aytganmiz. Mana shu 10 oy ichida xalq qabulxonalariga 3 mingdan ziyod murojaatlar tushganligi har biy viloyat, ayniqsa tuman, shahar hokimlari bu  masalaning ichiga kirmaganligidan dalolat. Birorta shahar, yo tumanda transport sohasi sifatini yaxshilash boʻyicha tajriba yoʻq desak, buyam toʻgʻri. Nimaga desangiz hech qaysi viloyat hokimi mana shu masalalar boʻyicha oʻzining chora-tadbirlarini qoʻshimcha pul topib, qoʻshimcha avtobus olib, davlat xususiy sherikchilik qilib biror narsa qilmagan. Qilgan boʻlsa ham nomigagina qilgan.

Har bir tuman boʻyicha bizda tahlil bor. Tizimli ravishda biror marta, har chorakda bir tuman, shahar sessiyalarida bu masalalar koʻrilmaganini, biror viloyat hokimining oʻrinbosari oʻzining sohasi boʻyicha mukammal bilimga ega emasligini koʻrsatdi. Bugun har bir viloyat hokimi bittadan tuman va shahar misolida aholiga transport xizmatini koʻrsatish yuzasidan yil yakunigacha va 2021-yilda qanday amaliy ishlar qilishi kerak, qishloqdan tuman markazigacha hamda tuman markazidan  viloyat markazigacha transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish va ularni sifatini oshirishimiz lozim", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlat rahbarining maʼlum qilishicha, respublikamiz boʻyicha kuniga qariyb 20 million yoʻlovchidan bor-yoʻgʻi 4,4 millioni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. Bu koʻrsatkichlar Andijon, Qashqadaryo, Namanganda 13 foiz, Xorazmda 14 foiz, Samarqandda 17 foiz, Fargʻonada 18 foiz, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bundan ham past. Bugungi kunda 1 ming 200 ta qishloq, mahalladan tuman markazigacha boʻlgan yoʻnalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?