Birinchi Prezidentimizga hurmat oʻz tariximizga hurmat ifodasidir

17:45 02 Sentyabr 2022 Siyosat
753 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Islom Karimov bundan oʻttiz bir yil oldin mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga eʼlon qilgan edi. Bu davlatchiligimizni va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab, barcha yutuq va marralarimizning zamini boʻldi. Shu bois, Birinchi Prezidentimizga hurmat oʻz tariximizga hurmat ifodasidir.

Xotira tadbirida Islom Karimovning xalqimiz manfaati yoʻlidagi xizmatlari yodga olindi. Qurʼon tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbari ustozlarni qadrlash va hamisha yodga olish kerakligini, bu yosh avlodga oʻrnak boʻlishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham Birinchi Prezidentimiz haykaliga gullar qoʻydi.

Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?