MDH oʻyinlarida yarim finalga yoʻl olgan bokschilarimiz soni 5 nafarga yetdi
Yana 5 bokschimiz kecha “Qozon 2021” Birinchi MDH oʻyinlari doirasida ringga chiqishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Hamyurtimiz Bunyodjon Amirov belaruslik M.Juravlyovga qarshi ringga chiqdi va 4:1 hisobida ishonchli gʻalaba qozondi.
Zafarbek Shaxbozov Rossiya vakili Denis Bogomolovni 3:2 hisobida magʻlub etdi.
Azizbek Buriboyev rossiyalik raqibiga magʻlub boʻldi, hisob 5:0.
Temurbek Abdulvahobov qozogʻistonlik raqibiga 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Abdulaziz Abduraxmanov armanistonlik raqibi D.Simonyanga qarshi ringga chiqdi va 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.
Bundan avval 3 nafar hamyurtimiz yarim finalga yoʻl olgani haqida xabar bergan edik.
Shunday qilib, 5 nafar oʻzbekistonlik bokschi yarim final jangida ishtirok etadigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring