Bir yurtda yashayotgan yakdil xalqmiz

12:22 24 Noyabr 2021 Jamiyat
613 0

Foto: Халқ сўзи

Qashqadaryo viloyatida 125 mingdan ziyod tojik, 33 mingdan ziyod turkman, 21 mingga yaqin rus, 11 mingdan ortiq arab, 8 mingdan oshiq tatar va boshqa millatga mansub aholi vakillari hamjihatlikda hayot kechirmoqda. Eng quvonarlisi, turli millat vakillaridan iborat qashqadaryoliklar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida namuna boʻlmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qarshi davlat universiteti va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyati boʻlimi hamkorligida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda bu haqida aytib oʻtildi.

– Har bir millat boshqalarga oʻxshamagan udumlari, oʻziga xos yashash tarzi bilan goʻzal, - deydi Qashqadaryo viloyat arab milliy madaniy markazi rahbari Niyozmuhammad Panjiyev. Muhimi, jonajon yurtimizda millatlar orasidagi teng huquqlilik, har bir millatning urf-odatlariga, anʼanalariga, tili va udumlariga hurmat bilan qarash tamoyillari qonun bilan kafolatlangani xalqlar oʻrtasidagi hamjihatlikka mustahkam asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Tadbirda “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor”, “Vatan manfaati uchun barchamiz masʼulmiz” mavzularida maʼruzalar tinglandi. Tinchlik, hamjihatlik va ona Vatanga muhabbatni ulugʻlovchikuy-qoʻshiqlar davraga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?