Bir smenada tushgan savollar boshqa smenada takrorlanmaydi — Sardor Rajabov

14:11 08 Avgust 2022 Jamiyat
275 0

Foto: Davlat test markazi

Xаbaringiz bor, bugun 8- avgust kunidan boshlab OTM ga kirish test sinovlari boshlandi, birinchi smenadagi abituriyentlar allaqachon test sinovlarini topshirib chiqishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa  kirish test savollari aks etgan fotosuratlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Davlat test markazi maʼlumot berdi.

Maʼlumot berilishicha, kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan, test topshiriqlari raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitobi ham diagnostik test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Davlat test markazi direktor oʻrinbosari Sardor Rajabov abituriyentlardan aytilayotgan savollarni yodlab vaqt ketkazmasligini soʻradi.

 — Birinchi smenadagi abituriyentlar allaqachon test sinovlarini topshirib chiqishdi. Baʼzi bir abituriyentlar qanday savollar tushayotganini telegram kanallarga yuborishmoqda (ogʻzaki yoki esida qolganini yozib). Barchaga shuni maʼlum qilamizki, bir smenada tushgan savollar boshqa smenada takrorlanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер