Bir qator tashkilotlarning davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

18:57 17 Aprel 2024 Jamiyat
748 0

Xususan:

— “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ buyurtmachiligidagi 9,4 mlrd soʻmlik;

— “Oqdaryo tuman yoʻllardan foydalanish” korxonasi buyurtmachiligidagi 2,5 mlrd soʻmlik;

— Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligidagi 150 mln soʻmlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Shuningdek:

— “Hududgaztaʼminot” AJ buyurtmachiligidagi 1,2 mlrd soʻmlik;

— “Fargʻonayoʻlkoʻkalam” UK buyurtmachiligidagi 289,5 mln soʻmlik;

— Urganch davlat universiteti buyurtmachiligidagi 260,6 mln soʻmlik;

— Qoʻqon shahar hokimligi buyurtmachiligidagi 212 mln soʻmlik;

— Hayvonlarni identifikatsiya qilish roʻyxatga olish va kuzatish markazi buyurtmachiligidagi 120 mln soʻmlik;

— “Namangan yoʻl qurilish-taʼmirlash” MCHJ buyurtmachiligidagi 120 mln soʻmlik davlat xaridlarida manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari boʻyicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi va toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер