Bir qancha avtobus va yoʻnalishli taksilarning qatnovi “FOOD CITY”ga uzaytiriladi

21:07 09 Fevral 2023 Jamiyat
569 0

Foto: Arxiv surat

10-fevraldan Qoʻyliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yoʻnalishlari va 8I, 9I, 25M, 61M, 55M, 73M, 99M, 170M, 191M, 195M-sonli yoʻnalishli taksilarning harakati “FOOD CITY” savdo majmuasi avtoshohbekatiga uzaytiriladi.

«Toshshahartransxizmat»ning maʼlum qilishicha, bu — Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bogʻliq.

Qoʻshimcha qilinishicha, “FOOD CITY” savdo majmuasi — “Qoʻyliq 7-metro bekati” yoʻnalishida jadval asosida harakatlanuvchi 6 ta bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер