Bir oyda koronavirusdan oʻlim holatlari 13 foizga oshdi — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan oylik hisobotini eʼlon qildi. Unda 2022-yil 26-dekabrdan joriy yil 22-yanvargacha boʻlgan muddatda Yer yuzi boʻyicha SOVID-19 ni yuqtirish holatlari va infeksiyadan oʻlim koʻrsatkichlari tahlil etilgan.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan 4 hafta davomida 11 million nafardan ortiq kishiga ushbu kasallik tashxisi qoʻyilgan. Ulardan 55 mingdan ziyodi virus oqibatida vafot etgan.
JSST tahliliga koʻra, 28 kun davomida xastalanish statistikasi undan avvalgi oyga nisbatan 25 foizga kamaygan boʻlsa-da, bu davrda oʻlim koʻrsatkichlari 13 foizga oshgani xavotirli holat. Shu bois tashkilot Yer yuzi aholisiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.
26-dekabrdan 22-yanvargacha eng koʻp bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
— Yaponiya — 672 526,
— AQSH — 323 721,
— Janubiy Koreya — 192 638,
— Xitoy —142 066,
— Braziliya —114 916.
Eslatib oʻtamiz, pandemiya boshlanganidan buyon dunyo boʻyicha qariyb 665 million kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ulardan 6,7 million nafardan ziyodi kasallik oqibatida vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring