Bir oy ichida Gʻijduvonda yogʻ-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikkinchi korxona faoliyatini boshladi

Foto: Xalq so‘zi
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi eng kenja korxona sanalgan “Graf yog-moy ekstraksiya” masʼuliyati cheklangan jamiyati Respublika tovar- xomashyo birjasida paxta texnik chigiti savdolarida qatnashuvchi va shu xomashyoni birjadan oluvchi korxonalar roʻyxatiga kiritildi.
Yogʻ-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonaning aholi nisbatan tigʻiz yashayotgan “Koʻshk” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgani eʼtiborga molikdir. Dastlabki bosqichdayoq bu yerda 40 kishini muqim ish oʻrni bilan taʼminlash imkoni yuzaga keldi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi “Graf yog-moy ekstraksiya” loyihasini roʻyobga chiqarishga esa 1 million 200 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarflandi. Uning salmoqli qismini moliyaviy muassasaning kredit sarmoyasi tashkil etdi. Maʼlumotga koʻra, bu yerda yiliga 15 ming tonna chigitni qayta ishlash, 2 ming 500 tonnadan ziyod paxta yogʻi, koʻplab miqdorda chorva ozuqasi tayyorlash mumkin. U xorijiy texnologiya bilan jihozlangan.
Diqqatga molik tomoni shundaki, “Graf yog-moy ekstraksiya” keyingi bir oy ichida Gʻijduvonda oʻz faoliyatini boshlagan yogʻ-moy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ikkinchi korxonadir. Sal avvalroq loyiha qiymati 4,4 million AQSH dollariga teng “Gʻijduvon agroklaster yogʻ-moy” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga tushgani haqida xabar bergan edik.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring