Bir oilaning 5 nafar aʼzosi tugʻilganlik haqida guvohnomaga ega boʻldi

16:12 02 Avgust 2022 Jamiyat
382 0

Inson hayotda turli sinovlarga duch keladi. Gohida oʻzi bilib bilmagan holda xatoliklarga yoʻl qoʻyadi. Bu xatolarni toʻgʻrilash uchun esa, yillar kamlik qiladi. Oʻz vaqtida qilinmagan ish keltirar tashvish deganlaridek bir oilaning 5 nafar aʼzosi onasining shaxsini tasdiqlovchi pasporti yoʻqligi sabab tugʻilganlik guvohnomasini oʻz vaqtida olish imkoniyatidan foydalana olmagan. Bu esa, ularni turli qiyinchiliklar sari yetaklagan.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi va tuman FHDYO boʻlimining oʻrganishlari davomida Yangi Namangan tumanida yashovchi Olim Qorabayev va Shoira Rizaqulovalarning 2004-yil tugʻilgan Davlatxon Odiljonova, 2012-yil tugʻilgan Akbar Odiljonov, 2014-yil tugʻilgan Arofat, Odiljonova, 2015-yil tugʻilgan Sohiba Odiljonova va 2020 Umarxon Odiljonovlar hech bir hujjatga ega emasligi aniqladi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan bir oilaning 5 nafar aʼzosi muddati oʻtgan tugʻilganlik guvohnomasiga ega boʻldi. Endi ular mustaqil vatanimizning chinakam fuqarosi boʻlib, yurt taraqqiyoti va yuksalishiga munosib hissa qoʻshib, yaratilgan keng imkoniyat va qulayliklardan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarga javoban viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullar, shuningdek tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlarining joylarda olib borayotgan tushuntirish targʻibot tadbirlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Buning natijasida esa fuqarolarning yillar davomida toʻplanib qolgan muammolariga qonuniy yechim topilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?