Bir novvoyxonada 7 kishining ishini bajaruvchi uskuna yaratildi

10:08 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
142 0

Namanganlik ixtirochi-innovator Muhammadjon Akramov novvoylar ishini yengillatib, xamir qorib, kesib, tayyor zuvala tayyorlab beradigan apparat yaratdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, bu qurilmaga xitoylik kompaniyalar ham qiziqmoqda.

Ixtirochining maʼlum qilishcha, qurilmani yaratish uchun yetti oy vaqt ketgan. Buning ustida yana ishlanmoqda. Ixtironi mualliflik huquqini patentlash jarayoni boshlangan.

Mazkur ixtiro bitta novvoyxonada yetti kishining ishini bajaradi.

Hozirda ushbu qurilma Namangan shahrining “Zarbdor” va “Goʻzal” dahalaridagi novvoyxonalarda ishlatilmoqda. U soatiga yetti yuzta zuvala tayyorlash quvvatiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?