“Bir million dasturchi” loyihasi uchun byudjetdan 100 milliard soʻm ajratiladi

21:04 10 Sentyabr 2021 Siyosat
866 0

Illyustrativ foto

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasida kadrlar tayyorlash, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida taʼlim sifatini yuksaltirish boʻyicha muhim vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi bilan qamrab olish darajasini kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Mutasaddilarga har bir maktab kesimida loyihada qatnashuvchi oʻquvchilar boʻyicha grafikni tasdiqlab, ijrosini qatʼiy nazoratga olish topshirildi.

Yil yakuniga qadar 100 ming maktab oʻquvchisini loyihaga qamrab olish, bundan tashqari, qoʻshimcha 200 ming nafar oʻgʻil-qiz oʻqitishni Yoshlar markazlari, “Ishga marhamat” mono-markazlari infratuzilmasi negizida tashkil etish vazifalari qoʻyildi.

Tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat, tuman va shahar hokimlariga yil yakuniga qadar birorta maktab “Bir million dasturchi” loyihasidan chetda qolmasligini taʼminlash, ikki oy muddatda ushbu maktablarning har biriga kamida 10 tadan kompyuter yetkazib berish topshirigʻi berildi. Buning uchun byudjetdan 100 milliard soʻm ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?