“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qariyb 1 mlrd soʻm pul talon-toroj qilingan — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

13:35 12 Mart 2024 Jamiyat
152 0

Agentlik sobiq Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat muassasasi tomonidan 2021-2022-yillar mobaynida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida respublika byudjeti hisobidan xarid qilingan kompyuter va boshqa vositalarning tavsiya etilgan texnik topshiriqlarga muvofiqligi hamda moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligini Fargʻona, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joyiga chiqqan holda oʻrgandi.

Yetkazib berilgan kompyuterlarning texnik xususiyatlari oʻrganilganida shartnomada koʻrsatilgan talablar toʻliq bajarilmaganligi aniqlandi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar masʼul shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DM va “Smart Sales Leader” MCHJ oʻrtasida 2021-2022-yilda tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyat tomonidan yetkazib berilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha elektron vositalar yetkazib berilmasdan, jami 919 mln 360 ming soʻm miqdordagi byudjet mablagʻlari oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DM va “Smart Sales Leader” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер