Bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan to'rtta davlat xaridi bekor qilindi

02:27 22 Mart 2024 Siyosat
1462 0

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi:

— Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 200,0 mln so‘mlik;

— Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi buyurtmachiligidagi 309,0 mln so‘mlik;

— Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 300,0 mln so‘mlik;

— Urganch ixtisoslashtirilgan maqom sanʼati maktab-internati buyurtmachiligidagi 371,1 mln so‘mlik davlat xaridlari.

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi, shuningdek, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?