Bir kecha-kunduzda eskirgan tizimni tartibga solish mumkin emas, buning uchun vaqt va mablagʻlarni qayta taqsimlash kerak — Vazirlik

23:52 28 Noyabr 2020 Jamiyat
472 0

Bir kecha-kunduzda eskirgan tizimni tartibga solish mumkin emas, buning uchun vaqt va mablagʻlarni qayta taqsimlash kerak boʻladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodovaning aholiga murojaatida aytib oʻtilgan.

“Elektr uzilishlarini minimallashtirish usullaridan biri bu energiya tizimini, shu jumladan issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilishdir. Energetika vazirligi ushbu yoʻnalishda doimiy ish olib bormoqda. Lekin, bir kecha-kunduzda eskirgan tizimni tartibga solish mumkin emas, buning uchun vaqt va mablagʻlarni qayta taqsimlash kerak boʻladi”, deydi Elmira Bekmurodova.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, vazirlik elektr uzilishlariga 30-40 yillik stansiyalarning ishdan chiqayotganini sabab qilib koʻrsatganini maʼlum qilgan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?