Bir guruh surxondaryoliklarga «Xalqlar doʻstligi» koʻkrak nishoni topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni taʼminlash, jamiyatda oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarni saqlash hamda rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir guruh surxondaryoliklar “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan uyushtirilgan tadbirda Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi maslahatchisi Zafarbek Ahmedov koʻkrak nishonlarini oʻz egalariga topshirib, samimiy qutlashdi.
Tadbirda, shuningdek, Prezident Farmoniga binoan “Doʻstlik”ordeni bilan taqdirlangan Turkman madaniy markazining Surxondaryo viloyati boʻlimi rahbari Ergash Avazovga yuksak mukofot tantanali ravishda topshirildi.
— Mamlakatimizning xorijiy davlat, xususan, yaqin qoʻshni, qardosh ellar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlarini, madaniy-maʼrifiy aloqalarni yanada kengaytirishda, Yangi Oʻzbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib etishda biz, milliy madaniy markazlar aʼzolarining ham alohida oʻrni bor. Vohamizda turli millat vakillari oʻzaro ahil va inoq boʻlib, bir oila vakillaridek istiqomat qilib kelishmoqda. Bu esa yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning muhim omili boʻlib xizmat qilyapti, — deydi “Doʻstlik”ordeni sohibi Ergash Avazov.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring