Biologik faol qoʻshimchalarning yashirin aylanmasiga chek qoʻyildi

12:42 28 Yanvar 2023 Jamiyat
532 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan qiymati 40 mln. 260 ming soʻmlik 117 dona “GALVANIZE” nomli biologik faol qoʻshimchalari hamda sport ozuqalari aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, milliy qonunchiligimizga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?