Bill Geyts Texasdagi tabiiy ofat sababini maʼlum qildi

17:54 21 Fevral 2021 Dunyo
551 0

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts CNN telanalida Texasdagi falokat sababini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, davlat energiya sohasining sovuqqa chidamli tizimlarida tejash siyosatini yuritdi. Bu Texasdagi ogʻir vaziyatga olib keldi. Maʼlumki, Texas soʻnggi 30 yil ichidagi eng kuchli qor boʻronini boshdan kechirdi.

“Asosiy muammo shundaki, gaz bilan ishlaydigan elektr stansiyalari ob-havo sharoitiga moslanmagan. Buni amalga oshirish mumkin edi, buning uchun pul kerak. Ammo tinch yoʻl tanlandi. Bu odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgani fojiali”, dedi Geyts.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?