Bezgakka qarshi yangi vaksina kasallikdan ikki yil himoyalaydi

10:42 10 Sentyabr 2022 Dunyo
701 0

Illustrativ foto

Oʻtgan yili Buyuk Britaniyaning dunyoga mashhur “GSK” farmatsevtika kompaniyasida bezgakka qarshi ilk vaksina yaratilib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan keng qoʻllash uchun tavsiya etilgan edi.

Ammo tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, mazkur emlash vositasining samaradorligi taxminan 60 foizga teng va vaqt oʻtishi bilan uning taʼsir kuchi sezilarli darajada kamaydi.

Shundan kelib chiqib, bu gal Oksford universiteti olimlari yangi vaksina yaratishga bel bogʻladi. Natija kutilganidek ijobiy boʻldi. Yangi preparatga “Oxford R21/Matrix-M” deb nom berildi.

Maʼlum boʻlishicha, u bezgakning oldini olishda 77 foiz samara beradi va buster dozasi kasallik yuqishidan ikki yil davomida himoyalaydi.

Mutaxassislar yangi vaksina mazkur xavfli kasallikka qarshi kurashda juda katta natija berishiga umid qilishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?