Beshafqat oʻlim hamkasbimiz Saidjon Maxsumovni oramizdan olib ketdi

15:45 20 Sentyabr 2021 Jamiyat
2464 0

“Xalq soʻzi” gazetasi xodimi, jurnalist Saidjon Maxsumov 35 yoshida, yoʻl-transport hodisasi oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Saidjon Maxsumov 1986-yil 12-mayda Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan edi.

2004 – 2010-yillarda “Maʼrifat” gazetasida faoliyat olib borgan Saidjon Maxsumov 2010-yildan hozirgi vaqtga qadar “Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyatida ishlab kelayotgan edi.

Saidjon Maxsumov oilali, ikki farzandning otasi edi.

“Xalq soʻzi” va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati hamkasbimizning oila aʼzolariga chuqur taʼziya bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?